Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden Kongressni quroldan foydalanish qoidalarini kuchaytirishga chaqirdi
10:44 / 2023-04-17

AQSH Prezidenti Jo Bayden yangi otishma holatlaridan so‘ng qonunchilikni qat’iylashtirish ustida ishlashga tayyorligini ma’lum qildi va Kongressni qurol-yarog‘ muammosi qoidalarini o‘zgartirishga chaqirdi, deya xabar berdi “Interfaks” agentligi.

“Kongress o‘qotar qurollarining xavfsiz saqlanishi, barcha qurol sotuvi uchun ma’lumotlarni tekshirishni talab qilishi, immunitet qurollarni ishlab chiqaruvchilarni javobgarlikdan mahrum qilish, shuningdek, hujum qurollari va katta sig‘imli o‘q joylanadigan “magazin”larni taqiqlash huquqiga ega. Bularni u bu kechiktirmasdan amalga oshirishi kerak”, davlat rahbaridan iqtibos keltiradi“ Oq uy matbuot xizmati.

“Men har doimgidek insonlar hayotini saqlab qoladigan federal qonunlar ustida vijdonan ishlashga tayyorman”, dedi u.

Uning fikricha, “Amerikaliklar qonunshunoslardan qurol xavfsizligi bo‘yicha sog‘lom fikr bilan harakat qilishlarini istaydilar”.

Bayden, shuningdek, Milliy miltiq assotsiatsiyasi konferensiyasida qatnashgani uchun Respublikachilar partiyasi rahbarlarini qoraladi.

“Men va birinchi xonim Jill bilan birga o‘tgan hafta oxiridagi qurolli zo‘ravonliklarda halok bo‘lganlarning oilalari va kasalxonada qolayotganlar uchun duo qilmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qildi davlat yetakchisi.

O‘tgan shanba kuni Alabama shtatining Deydvill shahridagi ziyofatda to‘rt kishi halok bo‘lgan va kamida 28 kishi yaralangan edi.

O‘zA