Bayden Kongressga oraliq saylovda muddatidan oldin ovoz berdi
AQSH Prezidenti Jo Bayden Delaver shtatida Amerika Kongressi oraliq saylovida muddatidan oldin ovoz berdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
Davlat rahbari jurnalistlarga saylovdan so‘ng “butun mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqishini” aytdi.
“Saylovgacha qolgan vaqtimni bu referendum emas, mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan ikki xil qarashga ega partiyalar uchun asosiy voqea ekanini ta’kidlash bilan o‘tkazaman”, dedi Bayden.
Vakillar palatasining barcha 435 a’zosi va 100 senatordan 35 nafari 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovda saylanishi kerak.
O‘zA