Bayden Kongressdan Kiyev uchun 60 milliard dollar so‘rashi mumkin
AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina uchun 60 milliard va Isroil, Tayvan hamda AQSH – Meksika chegarasini himoya qilish uchun, taxminan, 40 milliard dollar so‘rashi mumkin, deb xabar tarqatdi “NBC News” telekanali manbalarga tayanib.
Avvalroq Blumberg agentligi ham Bayden Kongressdan 100 milliard dollar so‘rashni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qilgan. Xabarda ushbu mablag‘ Ukraina, Isroil va Tayvanni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallanayotgani aytilgandi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha moliyalashtirish paketi hali shakllantirilmagan. Bayden ma’muriyati 100 milliard dollar mablag‘ni rasman juma kuni so‘rashi kutilyapti.