Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden: Kongress bilan maslahatlashib, Ar-Riyodga chora ko‘ramiz
10:42 / 2022-10-18

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress bilan maslahatlashganidan keyin Saudiya Arabistoni bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi. Undan OPEK+ neft qazib olishni qisqartirish qarori munosabati bilan Saudiya Arabistoni uchun AQSH qanday choralar ko‘rishi so‘ralgan. “Variantlar orasida xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan munosabatimizga o‘zgartirish kiritiladi. Prezident lavozimga kirishganidan buyon  Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoni bilan boshqacha yondashuv, boshqa turdagi munosabatlarga muhtoj ekanini aytib keladi. Xabaringiz bor, o‘tgan yili ishga kirishdik, Saudiya Arabistoni uchun  barcha hujumkor qurollar savdosini muzlatib qo‘ydik.

Prezidentning muzokaralar o‘tkazish, qaror qabul qilish uchun vaqti bor. U Kongress bilan maslahatlashishni istaydi”, dedi kotib. Jan-Perning so‘zlari ko‘ra, hozircha AQSH Kongressi bu borada aniq qaror ishlab chiqishga kirishmagan.

“Demak, davlat rahbari uchun yetarli vaqt bor. U maslahatlashuvlarga uslubiy va strategik nuqtai nazardan yondashishni istaydi”. Avvalroq Bayden AQSH ma’muriyati Saudiya Arabistoniga neft qazib olishni qisqartirish qarori munosabati bilan chora ko‘rishi haqida gapirgan edi. OPEK+ ga a’zo mamlakatlar 5 oktyabr kuni neft qazib olishni noyabr oyidan boshlab, kuniga 2 million barrel kamaytirishga kelishib olgandilar.