Bayden G20 sammitida Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilishni ma’lum qildi
AQSH Prezidenti Jo Bayden bo‘lajak G20 sammitida Ukraina atrofida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirayotganini hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin anjumanga kelmasligidan xabardor ekanini ta’kidladi.
"Men G20 sammitiga boraman, menga Prezident Putin sammitda ishtirok etmaydi, deyishdi, lekin boshqa dunyo yetakchilari bo‘ladi va biz navbatdagi qadamlar qanday bo‘lishini ko‘ramiz", – dedi Bayden Oq uyda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Chorshanba kuni RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etishi haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiyaning G20 va Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati forumida ishtirok etishining turli formati ko‘rib chiqilayotgani, qaror yaqin kunlarda qabul qilinishini aytgan edi.
“Katta yigirmatalik”ning 17-sammiti 15-16 noyabr kunlari Bali orolida bo‘lib o‘tadi.