Bayden Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi
AQSH Prezidenti Jo Bayden Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirish haqidagi protokollarni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonotda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi NATOning boshqa a’zolarini ham Shvetsiya va Finlyandiyaning Alyansga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatlarni tezroq tasdiqlashga chaqirdi.
Amerika mazkur ikki dvlatning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi hujjatlarni ratifikatsiya qilgan 20 dan ortiq mamlakatlar qatoriga kirdi.
O‘zA