Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden Eronning yadro quroli haqida
11:36 / 2022-07-15

Qo‘shma Shtatlar Tehron hukumatiga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha keng qamrovli harakat rejasi doirasida rozilik bildirishga tayyor ekanini e’lon qilib, ularning qarorini abadiy kutish niyatida emasligini bildirdi.

 Bu haqda Prezident Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Biz Eron rahbariyatiga qo‘shma amallar harakatiga qaytishga roziligimizni bildirdik. Hozir u tomondan javob kutmoqdamiz. Qachon munosabat bildirilishi noma’lum, bunga ishonchim komil emas. Binobarin, biz javobni abadiy kutmoqchi emasmiz”, dedi Bayden.

Biz Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz!, deya qo‘shmcha qilgan Oq uy rahbari.

O‘zA