Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden defoltni bartaraf etuvchi qonunni 5 iyungacha imzolashga umid qilmoqda
10:48 / 2023-05-31

AQSH Prezidenti Jo Bayden kongress tomonidan tasdiqlangan suveren defoltni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini 5 iyungacha imzolashga umid qilmoqda, dedi Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Per.

Qonunshunoslar chorshanba kuni federal byudjet xarajatlari o‘sishini cheklash sharti bilan davlat qarzi chegarasini ikki yilga bekor qilish tashabbusini muhokama qilishga kirishadi.

“Biz hujjat vakillar palatasidan ham, senatdan ham o‘tadi va prezident uni 5 iyungacha imzolaydi” deb o‘ylayapmiz”, - dedi Karin Jan-Per CNN telekanaliga intervyu bergan chog‘da.  

Qonun loyihasiga Bayden va vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartining  o‘tgan yakshanbada erishgan kelishuvi asos qilib olindi, deyilmoqda xabarda.