AQSH Prezidenti va mamlakat Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti telefon orqali suhbat chog‘ida yakuniy kelishuvga erishdi. Vakillar palatasi va Senatga davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha ikki partiya kelishuvini tasdiqlash tavsiya qilindi. Bu haqda Bayden jurnalistlar bilan uchrashuvda aytdi.
– Makkarti bilan suhbatda ikki partiyaviy byudjet bo‘yicha kelishuvga erishdik, – dedi prezident. – Menimcha, kun tartibida turgan halokatli defolt xavfini bartaraf etadigan muhim qadamni qo‘ydik. Bu Amerika xalqi uchun juda yaxshi yanglik.
Baydenning ta’kidlashicha, muzokara chog‘ida davlat qarzi limitini oshirish emas, balki byudjet masalasida murosaga kelingan:
“Ular davlat qarzi darajasini ko‘tarishni faqat bir shart asosida – barcha davlat xarajatlarini qisqartirish orqali amalga oshirish zarurligini aytishdi. Men bunga rozi emasligimni bildirdim. Respublikachilar partiyasi davlat qarzi darajasini ko‘taradi, shu bilan masala hal bo‘ladi. Shundan keyin birgalikda xarajatni qisqartirish va byudjet kelajagini belgilash mavzusini muhokama qilamiz, dedim”.
Davlat rahbari qayd etishicha, Makkarti “halol” raqib edi.
“U muzokarani vijdonan olib bordi, so‘zida turdi va va’dasini bajardi”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.
O‘zA