Nashr suhbatdoshlari bergan ma’lumotga qaraganda, Bayden Qo‘shma Shtatlarni Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytarmoqchi va mamlakatning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilmoqchi.
Aqsh prezidentligiga nomzod – o‘zining saylovdagi g‘alabasini e’lon qilgan Jo Bayden kutilayotgan inauguratsiya marosimidan so‘ng bir qator farmoyishlarni imzolamoqchi. Ushbu xabarni “The Washington Post” gazetasi vaziyatdan xabardor ayrim manbalariga tayanib tarqatgan.
Nashr suhbatdoshlari bergan ma’lumotga qaraganda, Bayden Qo‘shma Shtatlarni Iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytarmoqchi va mamlakatning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilmoqchi.
Avvalroq AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp mamlakatni bir necha yirik xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligini to‘xtatishi yuzasidan sa’y-harakatlarni boshlab yuborgan edi.
Bundan tashqari, Bayden aksariyat aholisi musulmonlardan iborat ayrim davlatlar uchun qo‘yilgan AQSH hududiga kirish bilan bog‘liq taqiqni olib tashlash niyatida. Shuningdek, u bolaligida Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy tarzda olib kirilgan muhojirlarga mamlakatda qolishga ruxsat berishni ko‘zda tutuvchi dasturni qayta tiklashni o‘ylayapti.