Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden “COVID-19”ning to‘rtinchi to‘lqinidan ogohlantirdi
11:20 / 2021-03-30

Prezident Jo Bayden amerikalik fuqarolarni virusning yangi to‘rtinchi to‘lqini keng tarqalib ketish ehtimolidan ogohlantirdi. Yana sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori martabali mulozimlar ham ehtiyot choralari ko‘rilishi kerakligini aytyapti.

Mamlakatda emlash dasturi bo‘yicha katta qadamlar tashlandi. Ammo AQSHda o‘tgan hafta kuniga deyarli 60 mingga yaqin kishi infeksiya yuqtirib olgan, o‘lim holatlari kutilganidan ancha ko‘p. Bu haqda kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazlari direktori Roshel Valenski axborot berdi.

“Shoshilinch choralar ko‘rilmasa, AQSH aholisi Yevropa davlatlari kabi o‘limga duchor bo‘lishi hech gap emas”, – dedi Valenski.

Statistikaga ko‘ra, mamlakatda bir kunda mingga yaqin kishi koronavirus tufayli vafot etyapti. Bir yildan buyon ushbu ko‘rsatkich yarim milliondan oshdi.

Bayden gubernatorlar, shtatlar va mahalliy rahbarlarga niqob taqish nazoratini kuchaytirish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi.

Shuningdek, prezident katta yoshdagi fuqarolarning 90 foizi 19 aprelga qadar vaksina qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida e’lon qildi.