French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden AQSH Prezidentlaridan birinchi bo‘lib ish tashlashda qatnashdi
09:25 / 2023-09-27

AQSH Prezidenti Jo Bayden Michigan shtatida avtomobil korxonalari ishchilarining ish tashlash aksiyasida ishtirok etdi. Uning qisqa nutqi C-SPAN telekanali orqali namoyish etildi.

Davlat rahbarini mazkur aksiyaga UAW - AQSH Avtomobilsozlar sanoati birlashgan kasaba uyushmalari rahbari Shon Feyn taklif qilgan.

– Sizlar oylik maoshlaringiz jiddiy ko‘tarilishiga loyiqsizlar, - degan Bayden. – Ko‘pchilik bizning mamlakatni Uoll-strit bunyod etgan, deydi. Yurtimizni o‘rta sinf va kasaba uyushmalari qurgan, - deb qo‘shimcha qildi u. 

Prezidentlik saylovida qatnashish nyatida bo‘lgan sobiq davlat rahbari Donald Tramp 27 sentyabrda UAW a’zolari bilan ko‘rishishni rejalagan.

Detroytdagi avtomobil zavodining 19 ming ishchisi oylikni oshirish, imtiyoz berish, pensiya dasturini takomillashtirish va sharoitni yaxshilash talabi bilan ish tashlash e’lon qilgan.