Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden: AQSH Eron bilan ziddiyatga intilmayapti
10:50 / 2023-03-25

Vashington ma’muriyati Eron bilan ziddiyatga intilmayapti, biroq Tehronga aloqador guruhlarning AQSH harbiy kuchlariga qarshi hujumlarga javob berishga tayyor. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Bayden matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Men butun mas’uliyat bilan aytayapman: Eron bilan inqirozni istamaymiz. Ammo xalqimizning himoyasi uchun qarshi zarba berishga tayyormiz. Kecha, masalan, shunday voqea sodir bo‘ldi”, dedi Amerika yetakchisi.

“Kecha menga Suriyada amalga oshirilgan hujum haqida axborot berishdi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan harbiylashtirilgan guruh inshootlarimizdan biriga zarba berish uchun drondan foydalangan”, dedi Bayden.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir amerikalik halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan”.

Davlat rahbari “zudlik bilan javob berishga buyurganini” aytib o‘tdi.

“Kecha tunda AQSH Qurolli kuchlari Suriyada amerikalik askarlarga o‘q otganlarga qarshi havodan hujum uyushtirdi”, deb qo‘shimcha qildi AQSH Prezidenti.

O‘zA