AQSH Prezidenti Jo Bayden amerikaliklarning yagona, haqiqatdan ham muqaddas bo‘lgan burchini ma’lum qildi. U amerikaliklar o‘z askarlarini kerakli darajada tayyorlashi, harbiylar va ularning oilalari haqida qayg‘urishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Qo‘shma Shtatlar dushanbada Xotira kunini nishonladi. Jo Baydan Vashington yaqinidagi Arlington qabristonida noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘ydi.
“Har bir millatda bo‘lgani kabi bizning ham ko‘plab burchlarimiz bor. Biroq ularning faqat bittasi haqiqatan ham muqaddas sanaladi. U ham bo‘lsa, jang maydoniga yuborayotganlarni yetarlicha tayyogarlikdan o‘tkazish, ular uyga qaytganlarida ham, qaytmaganlarida ham oilalariga g‘amxo‘rlik qilish”, – dedi Bayden xotira maydonida to‘planganlar qarshisida so‘zga chiqib.
“Bundan ham muhimroq, bundan ham muqaddasroq, amerikacharoq hech narsa yo‘q”, – deya qo‘shimcha qilgan u. Xabarda aytilishicha, xotirlash marosimida Prezident bilan birga vitse-prezident Kamala Xarris, mudofaa vaziri Lloyd Ostin va qo‘mondonliklar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli ishtirok etgan.