French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden amerikalik milliarderlarni halol soliq to‘lashga chaqirdi
11:21 / 2022-03-29

"Men kapitalistman, agar siz milliard topayotgan bo‘lsangiz, – juda yaxshi, lekin vijdonan soliq to‘lab qo‘ying", – dedi AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uyda.

Uning ta’kidlashicha,  o‘t o‘chiruvchi va o‘qituvchilar ham badavlat kishilardek soliq to‘laydi, – bu maqbul emas. Baydenning ta’kidlashicha, pandemiya sababli badavlat amerikaliklarning boyligi yanada ortdi, kam daromadli kishilar esa battar kambag‘allashdi.

Bundan avval ham Jo Bayden 100 million dollardan ko‘p daromad  topayotganlardan olinadigan soliq stavkasini 20 foizgacha oshirish  taklifini ilgari surgan edi.