Bayden afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish uchun 500 million dollar ajratdi
Oq uy matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada gap shu haqda bormoqda.
Bayden tomonidan imzolangan memorandumda keltirilishicha, 500 million dollarlik mablag‘ qochqinlar, mojaro jabrdiydalari va Afg‘onistondagi vaziyat tufayli hayoti xavf ostida qolgan shaxslarning keyinga qoldirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirish uchun ajratildi.
Bundan avval Pentagon vakillari AQSH hududidagi uchta harbiy bazaga (Virjiniya, Texas va Viskonsin shtatlarida) Afg‘onistondan ko‘chirib kelingan 22 ming fuqaro joylashtirilishi haqida ma’lum qilgan edi.