Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bayden: 2024 yilgi saylovlarda qatnashishga hali qaror bermadim
09:58 / 2022-09-19

AQSH Prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi niyati borligi, ammo bu borada yakuniy qat’iy qaror qabul qilishga hali erta ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari “CBS” telekanaliga bergan intervyuda qayd etdi.

“Bunday qaror qabul qilishga hali erta. Men taqdirni juda hurmat qilaman”. 

Shu bilan birga, u navbatdagi saylovda qatnashish to‘g‘risidagi qaror shu yilning noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlardan so‘ng aniq aytishini bildirdi.

CBS” jurnalistining ta’kidlashicha, bu yil 80 yoshga to‘lgan Bayden AQSH tarixidagi eng keksa prezidentdir. 

“Men juda yaxshi holatdaman”, dedi Prezident kinoya bilan jurnalistga yoshini eslatgani uchun. 

O‘zining juda past darajaga tushib borayotgan reytingini sharhlar ekan, Bayden “haqiqatan ham qiyin davrni boshdan kechirayotganini” ta’kidladi. 

Uning fikricha, pandemiya amerikaliklarning ruhiy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. “Bu yerda juda ko‘p noaniqlik bor. Biz million odamni yo‘qotdik”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.