French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz xalqaro musobaqalarga jiddiy tayyorlanmoqda (+video)
11:48 / 2024-02-16

Shu kunlarda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Belek shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz o‘tgan 2023 yilning dekabr oyidan beri bir necha bosqichdan iborat uzluksiz mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar tashkilotchilar tomonidan yuqori darajada yaratib berilmoqda. 21 fevral kuniga qadar davom etadigan ushbu yig‘inda 13 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi ko‘magi bilan Belek shahrida davom etayotgan mazkur yig‘inda mashg‘ulotlar kuniga 4 marta – suvda, yoga mashg‘ulotida, sport zalida esa intensiv rejimda tashkil etilyapti. Shuningdek, sportchilar to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga ham rioya qilmoqda.  

Eshkak eshuvchilar “Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni taqdim yetuvchi litsenzion Osiyo chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.  

Quyida terma jamoa ishtirok etadigan musobaqalar ro‘yxati bilan tanishasiz:  

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi:  

Osiyo chempionati (Tailand), kvalifikatsion jahon kubogi (Chexiya),  

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi:  

Kvalifikatsion Osiyo chempionati (Janubiy Koreya), kvalifikatsion final regatasi (Shveysariya).  

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi:  

Saralash musobaqasi Samarqand shahri (O‘zbekiston), kvalifikatsion Osiyo chempionati Tokio shahrida (Yaponiya).  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2XxJuV5h0Yg" title="Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz xalqaro musobaqalarga jiddiy tayyorlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Umid qilamizki, eshkak eshuvchilarimiz ushbu musobaqalarda munosib ishtirok etib, Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA