Tailandning Pattaya shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 Osiyo chempionatining so‘nggi kunida sportchilarimiz 16 medalni qo‘lga kiritdi.
Aniqrog‘i, Shohsanam Sherzodova, Behruz Ergashev, Lochinbek Esonaliyev/Begzod Murodov, Aziz Madulloyev/Davronbek Axtamov(juftlik), Milana Dushev-Yanich/Gulshoda Ganijanova/Malika Sultonova/Adelya Sayfullina (to‘rtlik), Samandar Haydarov/Akmal Mirzayev/Lochinbek Esonaliyev/Begzod Murodov (to‘rtlik) o‘z yosh va yo‘nalishlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada Abdulloh Komilov, Madinabonu Islomova, Milana Dushev-Yanich, Zarina Kazakova (2ta), Akmal Mirzayev/Madina Ashrafxanova (juftlik), Dinara Jo‘rayeva/Zarina Rustamova (juftlik), Madina Ashrafxanova/Darya Mishina(juftlik), Abdulloh Komilov/Danila Kryukov/Bogdan Kolosov/Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev(to‘rtlik) marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, Tursunoy Umaraliyeva/Muattarxon Qodirjonova tandemi terma jamoamiz hisobiga bronza medalini keltirdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA