Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baydarka va kanoechilarimiz Vladivostok turnirida sovrindor bo‘ldi
11:53 / 2025-09-22

Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahri Primore o‘lkasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan "Gubernator kubogi" musobaqasida hamyurtlarimiz 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Rossiya, Belorus, Tojikiston, Xitoy va Filippin davlatlarining vakillari ishtirok etgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.  

Shiddatli musobaqalar davomida mahoratli baydarkachilarimiz Rustam Xolmamatov, Aziz Hasanov, Farruh Rustamov, Aziz Jalolov, Yaroslav Slovogorodskiy milliy terma jamoamizning muvaffaqiyatiga munosib ulush qo‘shdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA