French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxtli kelajak uchun ovoz berdik
13:03 / 2024-10-27

Surxondaryo viloyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovida fuqarolar faollik bilan ovoz bermoqda. Bugun jamiyatimizda yangi oila qurayotgan yosh kelin-kuyovlar ham o‘z huquqlaridan foydalanib, obod va ozod Vatanimizning porloq kelajagi, tinch, to‘kin hayotimiz hamda yosh avlod baxtu kamoli uchun ovoz bermoqda.

Tog‘li Boysun tumanida yashaydigan O‘rol Norqulov va Sarvinoz Halilova uchun bugun bir umr esda qoladigan kun bo‘ldi. Yangi oila qurayotgan yoshlar erta tongdan Gaza mahallasidagi 11-saylov uchastkasiga kelib, o‘z xohish-irodasini emin-erkin ado etdi. Oilalar farovonligi, yosh avlod baxtu kamoli va obod turmush uchun ovoz berdi.  

Qiziriq tumanidagi 360-saylov uchastkasida 1 ming 536 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Ular erta tongdan saylov uchastkasiga kelib, muhim siyosiy jarayonga munosabat bildirmoqda. Tumanning Tinchlik mahallasilik yosh kelin-kuyov O‘ktam Toshboyev va Farida Turdiyeva ham mahalladoshlari qatorida saylovga kelib, yosh oila nomidan ovoz berdi.  

– Nikoh to‘yimizning muhim siyosiy kampaniyaga to‘g‘ri kelgani ham biz uchun unutilmas baxt, – deydi O‘ktam Toshboyev. – Bugun xonadonimizda qo‘shaloq to‘y bo‘lmoqda, deyishga barcha asosimiz bor. Yurtimizda yosh oilalarga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘rsatilayotgan e’tibor ham bizni saylovda faol ishtirok etib, munosib nomzodga ovoz berishga undadi.    

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri