Baxtiyor Saidov Ukraina elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ukraina elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ortayotganini qayd etib, ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Tashqi ishlar vaziri elchining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA.