Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Baxtimiz qomusining mohiyati” nomli kitoblar taqdimot qilindi (+video)
11:32 / 2024-12-06

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutida ilmiy jamoa tomonidan tayyorlanib, nashr etilgan “Baxtimiz qomusining mohiyati” nomli 5 risoladan iborat turkum kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

“Baxtimiz qomusining mohiyati” turkumining birinchi risolasi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: asosiy prinsiplar” deb nomlanadi.

Ikkinchi risolada Konstitutsiyamizning “Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlangan ikkinchi bo‘limi haqida fikr yuritilgan.

Uchinchi risola “Jamiyat va shaxs” deb nomlanib, unda Konstitutsiyamizning uchinchi bo‘limiga kirgan masalalar, jumladan, jamiyatning iqtisodiy negizlari, fuqarolik jamiyati institutlari, oila, bolalar va yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. To‘rtinchi risola “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi” deb nomlangan va unda Konstitutsiyamizning to‘rtinchi bo‘limiga kirgan masalalar sharhlangan.

“Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” deb nomlangan beshinchi risolada esa Konstitutsiyamizning beshinchi bo‘limidagi masalalar, davlat hokimiyati tuzilmasi, uning tashkil etilishi sharhlab, yoritilgan.

Ma’lumki, beshinchi bo‘lim 10 ta bob (18-27-boblar), 63 ta modda (91-153-moddalar)ni o‘z ichiga olgan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari, shuningdek davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlarini tashkil etish tartibi, vakolatlari hamda faoliyat olib borishining asosiy yo‘nalishlari mujassam.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar mazkur risolalarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 32 yilligiga munosib tuhfa bo‘lishi bilan birga Bosh qomusimiz mohiyatini fuqarolarga tushuntirish bo‘yicha zaruriy qo‘llanma bo‘lganini e’tirof etdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/1UExCsxRyqc?si=3L2kZQ6B_xJs-214" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA