Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxt shahrida yangi korxona
15:30 / 2016-08-05

Sirdaryo viloyatidagi Baxt shahrida tibbiyot binti, momiq paxta va ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Baxttexfarm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Sirdaryo viloyatidagi Baxt shahrida tibbiyot binti, momiq paxta va ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Baxttexfarm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy iqtisodiyotimiz, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, eng muhimi, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yuksaltirishda yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Yiliga 60 million pogono metr turli bog‘lov mahsulotlari, 3 ming tonnadan ortiq momiq paxta va 2,6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 500 ish o‘rni yaratildi. Xodimlarning 90 foizi kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Ayni paytda bu yerda ichki bozor va tibbiyot muassasalari ehtiyojiga yarasha mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

– Yaqin kunlarda mahsulotlarimizni xorijga eksport qilishni ham boshlaymiz, – deydi korxona rahbari Anvar Mamatqulov. – Shu maqsadda korxonani yanada kengaytirib, yangi sexlar tashkil etmoqdamiz. Zamonaviy dastgohlar o‘rnatilib, ularni payvandlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.