Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Baxshijar”da gulxan atrofida mushoira o‘tkazildi
13:25 / 2023-01-19

Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, tuman Mahalla va nuroniylar bo‘limi hamkorligida “Baxshijar” mahallasida ijodkor yoshlar va aholi vakillari ishtirokida gulxan atrofida "Mushoira" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Unda yoshlar tomonidan turli mavzulardagi she’rlar, tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan milliy qo‘shiqlar jonli ijro etildi.

Ustoz ijodkorlar tomonidan esa yoshlarga ijodiy saboqlar va kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan mazkur tadbir ishtirokchilari va mahalla aholisi uchun xayriya oshi tashkil etildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Viloyat hokimi Normat Tursunovning Xatirchi tumaniga tashrifi davomida Baxshijar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Surayyo Parmonova xonadonida bo‘lganida, uning qizi Feruza viloyat hokimidan turli mavzulardagi kitoblar so‘ragan edi.

Shu kuni Feruzaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyati bo‘limi rahbari Akrom Muqimov tomonidan kitoblar jamlanmasi, tuman hokimligi tomonidan esa bir tonna ko‘mir yetkazib berildi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA