Do‘stlik bebaho qadriyatlardan sanaladi. O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida Diplomatik aloqalar o‘rnatilgani munosabatining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan onlayn konsertda ham bu jihatlar yaqqol namoyon bo‘ldi.
Konsert dasturi nomli “Baxorga yo‘l” konsert dasturi Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xitoyning yurtimizdagi elchixonasi, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi, Shensi provinsiyasi Madaniyat va turizm boshqarmasi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Zoom tartibida o‘tgan konsertni Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, XXRning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan o‘tgan yillar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanish bosqichiga chiqqanini ta’kidladilar. Bu borada madaniy-ma’rifiy sohalardagi hamkorlik ham tobora ravnaq topayotgani e’tiborga molikdir.
Unda Shensi opera va balet teatri artistlari, O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri san’atkorlari betakror musiqiy dasturlarini namoyish etdilar.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri