Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxmaldagi sel oqibatlari bartaraf etilmoqda
09:47 / 2022-04-23

Joriy yil 20 aprel kuni kuchli yog‘ingarchilik tufayli Jizzax viloyatining bir qator tog‘li va tog‘oldi hududlari qatori Baxmal tumanining ba’zi qishloq va mahallalarida, jumladan, “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi qishloqlarga sel kelib, favqulodda holat kuzatildi.

Tuman hokimi M.Anarboyev nazorati ostida sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tuzilgan maxsus guruh a’zolari toshqin talofotlarini bartaraf etib, aholini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlarida faol ishtirok etdi.

Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, sel toshqini sodir bo‘lgan kuni kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida “Nurafshon” MFYdagi 20 ta aholi xonadonining yerto‘la (podval) qismiga suv to‘lib qolgan va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan. Shuningdek, ushbu hududda joylashgan yana 15 dan ortiq xonadonning hovli va ekin maydoni qisman zararlangan.

Aholi xavfsiz hududga vaqtincha evakuatsiya qilindi. So‘ng uylarning yerto‘lalari, dala maydonlari suvdan tozalandi.

Tumandagi sel kelish xavfi bo‘lgan – “Mo‘g‘ol”, “Uzunbuloq”, “Sangzor” QFY, “Novqa”, “Madaniyat”, “Bog‘ishamol”, “Nurafshon”kabi MFY aholisiga sel kelish xavfi paydo bo‘lganida qanday choralar ko‘rish kerakligi tushuntirildi.

A.Qayumov, O‘zA