Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxmalda birinchi qor yog‘moqda
10:31 / 2022-10-19

Yurtimizda kuz faslining yakunlanishiga hali bir oydan ko‘proq vaqt bo‘lsada, havo harorati keskin pasayib yomg‘irli kunlar boshlandi.

Tog‘li va tog‘oldi tumanlarida esa kuzni chekinishini kutib ham o‘tirmay qish o‘z hukmronligini boshlab yubordi. 
Bugun, ayni vaqtda Jizzax viloyatining Baxmal tumani O‘smat shaharchasi, “Mo‘g‘ol”, “Novqa” hamda “Temirqadam” qishloqlarida birinchi “laylak” qor yog‘ib o‘tmoqda. 

Yomg‘irning qorga aylanishi tog‘lardan pastroq tekislik zaminlarida ham kuzatilishi boshlamoqda.

Xalqimizda, qor yog‘di – non yog‘di, degan naql bor. Toqqa qish erta keladi, barchasi yaxshilikka bo‘lsin.

<iframe width="1280" height="721" src="https://www.youtube.com/embed/ErwD9Cu996I" title="Baxmalda birinchi qor yog‘moqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

A.QAYUMOV (video) O‘zA