Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxmal tumanida uchta yangi ko‘prik qurildi
16:09 / 2020-12-23

Jizzax viloyatining Baxmal tumani markazi bilan yuzdan ziyod qishloqlarni bog‘lovchi mahalliy avtoyo‘llarda qurib bitkazilgan uchta yangi ko‘prik hudud aholisiga katta qulaylik yaratdi.

Ushbu tog‘li hududda bahorda bo‘ladigan  sel toshqinlari yo‘llar va  ko‘priklarga zarar yetkazib turadi. 2019 yilda sellar oqibatida tuman hududida to‘qqizta ko‘prik yaroqsiz holga kelgan edi. O‘tgan davrda bu ko‘priklar o‘rniga yangilarini qurish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.  

Joriy yilda tumandagi “O‘smat – Gulbuloq – Kinchir” va   “Kamar – Teran – Dulana oromgohi”  avtomobil yo‘llarida uchta ko‘prikni qurish, rekonstuksiya qilish ishlari yakunlandi. Jumladan, “O‘smat – Gulbuloq – Kinchir” avtoyo‘lining Ko‘rbuloq  qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida tabiiy ofatlarni bartaraf etish  mablag‘lari hisobidan loyiha qiymati  1 milliard  725 million  185 ming so‘mlik yangi ko‘prik qurildi.

Ushbu yo‘lning Qatortol qishlog‘idan o‘tgan qismidagi yana bir ko‘prikni bitkazishga 2 milliard 640 million 433 ming so‘m sarflandi. Qurilish qiymati 1 milliard 972 million 392 ming so‘m uchinchi ko‘prik  “Kamar – Teran – Dulana” avtoyo‘lining Tegirmon qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida qurildi.  

[gallery-558]

Ushbu ko‘priklarni qurish respublika hukumatining ko‘magida tabiiy ofatlarni bartaraf etish mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi. Qurilish ishlari  “Jizzax ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan bajarildi. Shu munosabat yangi ko‘priklarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan qishloqlar aholisi vakillari yaratilgan qulaylik uchun hukumatimizga, mahalliy rahbarlarga  quruvchilarga minnatdorchilik bildirishdi.  

– Yo‘l, ko‘prik qurish xalqimizda eng savob va ezgu ishlardan hisoblanadi,  –  deydi Qatortol qishlog‘ida yashovchi mehnat faxriysi Abualim hoji Gulmurodov. – Davlatimizning, rahbarlarimizning xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga berayotgan katta e’tibori tufayli “O‘smat – Gulbuloq – Kinchir” avtoyo‘lining  hududimizdan o‘tgan qismida   6 metrli eski  ko‘prik o‘rnida 18 metr uzunlikdagi yangi ko‘prik qurilgani faqat bizning qishlog‘imiz uchun emas, tumanimiz hududining yarimida yashaydigan aholi uchun juda katta qulaylik yaratdi. Mustahkam maxsus temir betondan qurilgan bu  ko‘prik endi ko‘p yillar xalqimizga xizmat qiladi.  

 

T. BEKNAZAROV,

J. YORBEKOV (surat), O‘zA