Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Bavariya" va "Flamengo" keyingi bosqichga yo‘l oldi
13:17 / 2025-06-21

AQSHda o‘tayotgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "C" va "D" guruhlarida ikkinchi tur bahslari yakunlandi.

"D" guruhida Braziliyaning "Flamengo" jamoasi Angliyaning "Chelsi" klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, ushbu guruhda o‘tgan boshqa bahsda Tunisning "Esperens" jamoasi AQSH vakili "Los-Anjeles" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu natijalardan so‘ng "Flamengo" 6 ochko bilan guruh peshqadami sifatida muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l oldi. "Chelsi" va "Esperens" 3 tadan ochko bilan 2–3-o‘rinlarni bo‘lishmoqda. "Los-Anjeles" esa 2 ta mag‘lubiyatdan so‘ng so‘nggi o‘ringa tushib qoldi.

"C" guruhida esa Germaniyaning "Bavariya" klubi Argentinaning "Boka Xuniors" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va 6 ochkoga ega bo‘lib, guruhda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba bilan "Bavariya" ham 1/8 finalga yo‘llanmani naqd qildi. "Boka Xuniors" esa 1 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.

Portugaliyaning "Benfika" klubi esa Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, 4 ochko bilan ikkinchi o‘ringa chiqdi. "Oklend Siti" ikki o‘yinda jami 16 ta gol o‘tkazib yuborib, guruhda autsayderga aylandi.

Bugun va ertaga navbatdagi bahslar o‘tkaziladi

Turnir doirasida bugun va ertaga "E" hamda "F" guruhlarida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi:

"F" guruhi:

"Mamelodi Sandaunz" – "Borussiya Dortmund" (21:00)

"Fluminense" – "Ulsan" (03:00)

"E" guruhi:

"Inter" – "Urava Red Daymonds" (00:00)

"River Pleyt" – "Monterrey" (06:00)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA