Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Batu eksport” korxonasidan maxsus reportaj
11:31 / 2025-06-21

Prezident tashrifidan so‘ng...

Toshkent viloyati – mamlakatimiz iqtisodiyotida katta salohiyatga ega hududlardan. Xususan, meva-sabzavotchilik yo‘nalishida viloyatning imkoniyatlari yil sayin kengayib bormoqda.  

Tahlillarga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon O‘zbekistonda 1,5 milliard dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, shundan 130 million dollari Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Joriy yil oxirigacha bu ko‘rsatkichni respublika miqyosida 1,6 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.  

Ayni paytda, 5 oy mobaynida 618 million dollarlik mahsulotlar xorijga yuborildi. Bu esa sohada eksport salohiyati ortib borayotganini ko‘rsatadi. Eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 turdagi moliyaviy yordam mexanizmlari, 3 xil soliq imtiyozi va preferensiyalar joriy etilgan.  

Bugungi kunda Toshkent viloyatida meva-sabzavotni qayta ishlashga ixtisoslashgan 175 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Qayta ishlash darajasi yildan yilga oshmoqda.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Parkent tumanidagi “Batu Eksport” korxonasiga tashrif buyurib, uni sohadagi ilg‘or va rivojlanayotgan korxonalar qatorida e’tirof etdi. “Batu Eksport” – 15 million dollarlik investitsiya hisobiga tashkil etilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, eksportbop mahsulotlar tayyorlaydigan korxonalardan biri.  

Bu yerda yiliga 5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlanadi. Xomashyo Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan keltiriladi. Korxonada Yaponiya, Germaniya, Belgiya va Xitoydan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar o‘rnatilgan bo‘lib, bu mahsulot sifati va uning tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Shu yerda mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbirkorlar, korxona  vakillari va mutasaddilar bilan bo‘lgan intervyularni batafsil videoreportaj orqali tomosha qilishingiz mumkin.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Ig3vGgRKbMo?si=5kYcWtd_LC1DaTr3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,  

Ulug‘bek TO‘XTAEV (video),  

O‘zA