Basketbolchilar mamlakat chempionatida bahslashdi
Navoiy shahrida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki tur bahslari yakunlandi.
Navoiy shahrida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki tur bahslari yakunlandi.Chempionatda 11 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordilar.
Bu guruhda Mudofaa vazirligining SKMO jamoasi o‘tkazilgan to‘rt o‘yinning barchasida zafar quchdi va sakkiz ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek yetti ochko to‘plagan “Elektroapparat” klubi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, olti ochko bilan “So‘g‘diyona” jamoasi guruhda uchinchi bo‘ldi.
“B” guruhida olti jamoa – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, “Buxoro”, “Namangan”, “Guliston” (Sirdaryo), “Surxon” (Surxondaryo) va “Farg‘ona” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
Unda “Buxoro” jamoasiga hech bir jamoa to‘sqinlik qila olmadi va o‘n ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi. Ikkinchi o‘rinni to‘qqiz ochko to‘plagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi egalladi. Kuch uchlikni sakkiz ochko bilan “Farg‘ona” yakunladi.