Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bashar Asad Moskvada zaharlandi
10:53 / 2025-01-05

Suriyaning sobiq Prezidenti Bashar Asadni zaharlashga urinish kuzatildi, deb yozdi "The Sun" nashri.

Internetda tarqalgan xabarga ko‘ra, 59 yoshli Asad tibbiy yordam so‘rab, "kuchli yo‘tal, nafas qisishi" shikoyati bilan tibbiy xizmatga murojaat qilgan.

– Suiqasd uyushtirilgan, deb hisoblash uchun barcha asoslar bor, – degan manba.

O‘zi yashayotgan xonadonda davolanayotgan siyosatchi ahvoli barqarorligini aytgan. Tibbiy tekshiruv ham bemor zaharlanganini qayd etgan.

Rossiya hukumati bu farazni tasdiqlamadi.