Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganiga bir yil bo‘ldi (+video)
16:57 / 2025-12-09

Suriyada Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganiga bir yil to‘ldi. O‘tgan yilning 8 dekabr kuni u mamlakatni tark etgan edi. Shu munosabat bilan vaqtinchalik prezident Ahmad ash-Shara’ nutq so‘zlab, mamlakatni qayta tiklashga va’da berdi, deb yozdi Yevronyus.

O‘tgan yilning 8 dekabrida qurolli guruhlar Damashqni o‘rab olishganidan keyin Suriya armiyasi harbiylari qurollarini tashlab, poytaxtni deyarli jangsiz topshirishgan edi. Bashar Asad esa Rossiyaga qochib ketdi, bu holat ko‘pchilik uchun, hatto uning ittifoqchilari uchun ham kutilmagan voqea bo‘lgan edi. Shundan so‘ng muxolifat kuchlari davlat muassasalarini o‘z nazoratiga oldi va 8 dekabrda Bashar Asad rejimining ag‘darilgani rasman e’lon qilindi.  

Sobiq prezident ayni kunlarda Moskvada yashayapti. Suriyaning yangi hukumati uni sudga topshirishni rejalagan edi, biroq Kreml Asadni topshirmasligini bildirdi. Shu bilan birga, Moskva Ahmad ash-Shara’ boshchiligidagi yangi hukumat bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Ba’zi  kuzatuvchilar fikricha, Asadning Moskvadaligi Kremlning Damashq bilan yangi munosabatlar o‘rnatishiga xalal bermagan.  

Londondagi inson huquqlari tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Bashar Asad Rossiya maxsus xizmatlarining qattiq nazorati ostida yashamoqda. Uning harakatlanishi keskin cheklangan, ommaviy chiqishlar qilishi man etilgan. Mamlakatdan qochganidan keyin ufaqat ikki marta ommaga ko‘rinish bergan. 2024 yil 16 dekabrda bergan intervyusida u jangni davom ettirish niyatida bo‘lganini va hech qachon qochishni o‘ylamaganini, mamlakatdan chiqib ketishiga sabab esa Rossiyaning talabi ekanini aytgan. Shundan biroz vaqt o‘tib, Asadning katta o‘g‘li otasining Moskva markazida sayr qilib yurganini aks ettiruvchi qisqa video e’lon qildi, xolos. Shundan keyin Bashar Asad ommaga ko‘rinmadi, Suriyadagi tarafdorlari bilan aloqa o‘rnatmagan va hokimiyatga qaytish uchun hech qanday harakat ham qilmagan.

O‘tgan yil oxirida turk nashrlari sobiq prezidentning rafiqasi Asma Asad ajrashmoqchi ekani va Londonga qaytishni istayotgani haqida xabar tarqatdi.  Biroq, Rossiya rasmiylari buni inkor etdi va Asadlar oilasi ham bu bo‘yicha izoh bermadi.    

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F7vKqk4Rc4w" title="Bashar Asad hokimiyati ag‘darilganiga bir yil bo‘ldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA