Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bashar Asad Arab Ligasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda
17:57 / 2023-05-19

Suriya Prezidenti Bashar Asad 19 may kuni ish boshlagan Arab Davlatlari Ligasi sammitida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga keldi. Suriyaning “al-Vatan” gazetasining xabar berishicha, Asad Jiddada arab davlatlari rahbarlari bilan ham qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Asadning Arab Ligasi ishida ishtirok etishi uning o‘n yildan ortiq izolyatsiyadan so‘ng jahon diplomatik maydoniga qaytishini anglatadi, deb ta’kidlaydi “AFP” agentligi.

2011 yil noyabrda Suriyada hukumatga qarshi noroziliklarning keskin bostirilishi va mamlakatda qurolli mojarolar tufayli Arab Ligasi Damashqning Tashkilot ishidagi faoliyatini to‘xtatdi.  

2012 yilda Saudiya Arabistoni Suriyaning qurolli muxolifati tomonini oladi va Asad rejimi bilan aloqalarini uzadi. Aksariyat arab davlatlari ham xuddi shunday yo‘l tutishadi.  

Rossiya va Eronning ko‘magida Asad rejimining fuqarolar urushi davridagi o‘zgarishlardan so‘ng mintaqa davlatlarining Suriyaga nisbatan pozitsiyalarini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Bu masalada mintaqaviy raqobatchilar – Eron va Saudiya Arabistonining yaqinlashuvi muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, Xitoy diplomatiyasining sa’y-harakatlari ham e’tirof etiladi.  

O‘zA