Bashar Al-Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Suriya Ichki ishlar vazirligi hokimiyatdan ag‘darilgan mamlakat sobiq yetakchisi Bashar Al-Asadning amakivachchasi Vasim Asad xavfsizlik amaliyoti chog‘ida qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
– Bosh razvedka boshqarmasi ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlikda pistirma o‘rnatib, avvalgi tuzum davrida ko‘plab jinoyatlarga aloqador bo‘lgan jinoyatchi Vasim Asadni qo‘lga oldi. U mamlakatda giyohvand moddalar savdogarlaridan biri sifatida tanilgan edi, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Vasim Asad 1980 yilda tug‘ilgan. Tartus shahrida yashaydi. Ko‘p yillar davomida u Suriya narkotik savdosining asosiy shaxsi hisoblangan.
M.Pirmatova, O‘zA