Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barselonada «Festival de la Infancia» bolalar xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda
12:47 / 2017-12-27

Бугун Испаниянинг Барселона шаҳрида «Festival de la Infancia» болалар учун товар ва хизматлар халқаро фестивали бошланди.

Ispaniyaning Barselona shahrida «Festival de la Infancia» bolalar uchun tovar va xizmatlar xalqaro festivali boshlandi.

Mamlakatning «Fira de Barcelona» ko‘rgazma kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, festivalda bolalar kiyimlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, adabiyotlar, o‘yinchoqlar, sport anjomlari, texnologiyalar namoyish qilinadi. «Festival de la Infancia» doirasida ko‘plab ko‘ngilochar, sport, ijodiy, madaniy va musiqiy tadbirlar, o‘yin va musobaqalar tashkil etiladi.

Yangi yil arafasida bolajonlarga unutilmas onlar hadya etuvchi mazkur xalqaro festival 1963 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat.

Xalqaro festival 30 dekabrga qadar davom etadi.