Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Barselona” Ispaniya Superkubogi g‘olibi
07:55 / 2026-01-12

Dramatik, janjallar va gollarga boy o‘tgan o‘yinda Kataloniya klubi “Real”ni 3:2 hisobida taslim etdi.

Dastlab, Rafinya 36-daqiqada hisobni ochdi. Taym so‘nggida esa jamoalar rostmana avjiga chiqdi. 45+1-daqiqada Vinisius muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 2 daqiqa o‘tib, Levandovski yana “Barsa”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 45+6-daqiqada “Real” “Barselona” himoyasidagi palapartishlikdan so‘ng yana o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqardi.  

Ikkinchi taym ancha keskin va hujumlarga boy o‘tganiga qaramay, faqatgina 1 ta gol ko‘rdik. Rafinyaning 73-daqiqada urgan goli “ko‘k-anorranglilar” uchun 16-Superkubokni keltirdi. Flik esa 8-finalida, sakkizinchi bor zafar quchdi.

Karim Xudoyqulov, O‘zA