Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barqaror taraqqiyot maqsadlari yo‘lida mintaqaviy hamkorlik yanada mustahkamlanadi
21:42 / 2025-11-12

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva xalqaro hamkorlar hamda qo‘shni davlatlar parlamentlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Taraqqiyot masalalari muvofiqlashtirish idorasi mintaqaviy direktori Gvi-Yeop Son xonim bilan uchrashuvda O‘zbekiston va BMT tizimidagi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr almashildi.

G.Son xonim Samarqandda o‘tayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch ifodasi ekanini alohida ta’kidladi.

Qirg‘iz Jogorku keneshi Torag‘asi o‘rinbosari J.Sadirbayeva, Tojikiston Majlisi Oli majlisi namoyandagon raisining o‘rinbosari  M.Muini, Qozog‘iston Parlamenti majlisi raisi o‘rinbosari D.Yespayeva hamda Turkmaniston Mejlisi qo‘mitasi raisi B.Miradova bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda do‘stona qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va strategik hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Bu jarayonda yetakchi ayollarning faol ishtiroki, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarning ahamiyati alohida qayd etildi.

Hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish, sanoat, energetika, ishlab chiqarish va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ayollar faolligini oshirish va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim platforma ekanini alohida ta’kidladi.

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA