Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ishtiroki hamda tashabbuslari yildan-yilga kengayib bormoqda. Mamlakatimizda ularni qo‘llab-quvvatlash, NNTlarning loyihalarini amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida “Milliy, mintaqaviy va global darajada xalq diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari hamkorligini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
[gallery-26570]
Shuningdek, milliy, mintaqaviy va global darajadagi hamkorlik platformalarini rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida ishonch, ochiq muloqot va o‘zaro anglashuv muhitini kuchaytirish orqali tinch va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shish, barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalq diplomatiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari va madaniy diplomatiyaning o‘zaro bog‘liq o‘rni kabi masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda so‘z olgan ekspertlar bugungi global sharoitda davlatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi muloqotni chuqurlashtirish, milliy madaniy meros va qadriyatlarni targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, xalq diplomatiyasida tinchlik va o‘zaro hurmat muhitini saqlash alohida o‘rin tutishi e’tirof etildi. Xalq diplomatiyasi mexanizmlarini zamonaviy talablar asosida mustahkamlash va ular orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga ko‘maklashish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Sessiya doirasida Markaziy Osiyoda madaniy diplomatiya va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari ham tahlil qilindi. Umumiy tarixiy va madaniy ildizlar asosida mintaqaviy barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashda NNTlar, yoshlar va ayollar tashkilotlari hamda intellektual markazlarning o‘rni muhim omil sifatida ko‘rsatildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/rn54MIhuaOs?si=isVEjRLYjJcoIWwA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Doniyor Yoqubov (video), O‘zA