Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barqaror rivojlanishga yo‘l ta’limdan boshlanadi
10:44 / 2021-01-24

24 yanvar – Xalqaro ta’lim kuni dunyo bo‘ylab nishonlanmoqda.

Bugun dunyoda uchinchi bor Xalqaro ta’lim kuni nishonlanmoqda. Ushbu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan ta’limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda “Xalqaro ta’lim kuni” deb e’lon qilingan. Bu haqdagi rezolyutsiya 2018 yil 3 dekabrda qabul qilingan.

Rezolyutsiyada ta’limning barqaror rivojlanishga erishishda, individual samaradorlik hamda iqtisodiy potensialni ro‘yobga chiqarishdagi o‘rniga o‘rg‘u berilgan. Qashshoqlik va ochlikka qarshi kurash bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash yo‘lida xizmat qilishi belgilangan.

Hujjatda, shuningdek, har bir inson butun hayoti davomida ta’lim olish imkoniyatidan foydalana olishi va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi hamda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishi uchun barcha ta’lim muassasalari, jumladan, boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’limda inklyuzivlik va adolatni ta’minlash uchun bor kuchni ishga solish lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu bayram yosh hisoblansada, ahamiyati juda ham cheksiz. Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-ma’rifatga tashnaligini e’tirof etish, balki dunyo davlatlari hukumatlari va jamiyatlari e’tiborini ta’lim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit ta’lim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.

Ta’kidlash kerakki, ta’lim masalasi ko‘plab xalqaro hujjatlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 26-моddасиdа ta’lim olish har bir insonning huquqi ekani belgilab qo‘yilgan. U davlatlarni barcha uchun bepul boshlang‘ich ta’lim olishni ta’minlashga chaqiradi.1989 yilda qabul qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya esa davlatning barcha uchun oliy ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga majburligi haqidagi qoidani o‘zida mujassam etadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda 262 миллионdан ziyod bola maktabga bormaydi, 617 миллионgа yaqin yosh avlod vakillari o‘qish va oddiy hisoblash ko‘nikmalariga ega emas. Ular qashshoqlik, diskriminatsiya, qurolli mojarolar, favqulodda holatlar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari tufayli azob chekmoqda. Migratsiya hamda majburiy ko‘chib yurish jarayonlari ham yosh avlodning ta’lim olishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ta’lim berish bilan bog‘liq muammolar ayniqsa Afrika qit’asida chuqur ildiz otgan bo‘lib, Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarda qizlarning boshlang‘ich ta’lim bilan qamrovi 40 фоизgа ham yetmaydi.

Ushbu sana munosabati bilan har yili BMT (Nyu-York) va YUNESKO (Parij) bosh qarorgohlarida turli tadbirlar tashkillashtirilib, ular doirasida ta’lim sohasidagi muammolarni bartaraf etishga oid yangi loyihalar, hisobotlar (doklad) taqdimoti o‘tkaziladi. Xususan, 2020 yilda “Xalqaro ta’lim kuni” YUNESKO tomonidan “Ta’lim insonlar, sayyora, farovonlik va tinchlik manfaatida” nomi ostida nishonlandi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim sohalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli, izchil va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada qator muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”.

Darhaqiqat, so‘nggi to‘rt yil ichida respublikamizda ushbu yo‘nalishda sezilarli o‘zgarishlar ko‘zda tashlandi. Xususan, raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 фоизgа yetdi. Bog‘chalar soni esa 3 barobargа ko‘payib, 14 минgdан oshdi. 2023 yil oxirida esa qamrov darajasini 75 фоизgа yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, yangicha mazmun va shaklga ega bo‘lgan Prezident maktablari hamda ijod maktablari faoliyatini boshlagan. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ixtisoslashuvga alohida e’tibor qaratilib, matematika hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar qabul qilinmoqda. Misol uchun, birgina 2020 yilning o‘zida matematika yo‘nalishida 56 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 27 ta maktab tashkil etilgan.

Oliy ta’lim tizimi ham chuqur islohotlarni boshidan kechirmoqda. So‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining umumiy soni 125 tagа yetdi.

Buning natijasida abituriyentlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 фоизdан 2020 yilda 25 фоизgа yetkazildi va ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 2020 yilda Toshkent davlat stomatologiya institutining Ispaniyadagi filialini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bu O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining rivojlangan Yevropa davlatlaridagi ilk filiali hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yilning 29 dekabridagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, “biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”.

Shu maqsadda joriy yilda ham ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarni ta’lim bilan qamrovini qamrovini kengaytirish, ehtiyojmand oilalar farzandlariga imtiyozlar berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilishi, oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti berish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yil Davlat dasturi loyihasida oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 фоизgа hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari sonini 2 bаrаvargа oshirish, shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Yana bir muhim o‘zgarishlardan biri mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik erkinlik taqdim etilayotganidir. Xususan, ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolati 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning nufuzli OTMlarining ilmiy kengashlariga bosqichma-bosqich o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Ulug‘ shoir Furqat ilm-ma’rifatni ko‘ngillarning sururi, ko‘rar ko‘zlarning nuri, deb ta’riflagan. Shu ma’noda, bugun yurtimizda ta’limga, ilm-ma’rifatga berilayotgan e’tiborni yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etayotgani va shunga monand keng ko‘lamli ishlar qilinayotganini ta’kidlash lozim. Ahamiyatlisi, bu borada davlatimiz o‘z oldiga olgan xalqaro majburiyatlarni bajarib kelmoqda.

Yurtimiz zaminida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy kabi butun dunyo tan oladigan mashhur daholar, buyuk allomalar yashab, ijod qilgan. Hozirda ajdodlarga munosib avlod yetishib chiqishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, kelajakda O‘zbekiston yoshlari orasidan dunyo taniydigan muallimlar, shifokorlar, dasturchilar va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb egalari chiqishidan barcha umidvor.

Adxambek RASHIDBEKOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti eksperti