Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Barqaror rivojlanish uchun yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil iqtisodiyotga” (CONGREENTAX-2024) mavzusidagi Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya boshlandi.
16 iyungacha davom etadigan mazkur konferensiya materiallari to‘plami E3S Web of Conferences jurnalida chop etilishi ham rejalashtirilgan. “Barqaror rivojlanish uchun yashil taksonomiya: yashil texnologiyalardan yashil iqtisodiyotgacha “CONGREENTAX-2024” birinchi xalqaro ilmiy konferensiyasi quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar va yashil texnologiyalar.
-Yashil energetika-qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligi.
-Yashil binolarni va qurilish
-Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon maydonlarini barqaror rivojlantirish, ekoturizm.
-Yashil transport
-Yashil moliyalashtirish, iqtisodiy tahlil va yashil huquq.
-Barqaror rivojlanish uchun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.
-Yashil fanlar (multidisiplinar)
-Yashil sanoat, resurslarni va chiqindilarni boshqarish
-ESG (ekologik, ijtimoiy, boshqaruv).
Konferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat:
- mahalliy olimlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchi va ekspertlarning yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish mavzusidagi salohiyati va xabardorligini oshirish;
- konferensiya ishtirokchilari tomonidan ushbu sohadagi so‘nggi yangiliklar, yo‘nalishlar va muammolarni muhokama qilish;
- yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasida tajriba va tadqiqot natijalarini almashish, iqtiboslarni oshirish, dunyo tadqiqotlar sari yurish.
Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasida 50 ga yaqin xorijiy va 100 dan ortiq mahalliy olimlar o‘zlarining ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Sherali Otaboyev, O‘zA