Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda
17:43 / 2016-04-21

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2016-yil birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2016-yil birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari D.Dehqonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yo‘l-transport infratuzilmasi rivojlantirilayotgani temir yo‘l sohasi iqtisodiy taraqqiyotida ham muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida tarmoqdagi dolzarb vazifalarga, xususan, Samarqand – Buxoro temir yo‘l uchastkasining elektrlashtirilishini ta’minlash, Qarshi – Termiz uchastkasini elektrlashtirish ishlarini davom ettirish, Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan 19 kilometrlik tunnel qurilishini yakuniga yetkazish va Angren – Pop yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Joriy yilning 27-fevralida Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan 19 kilometrlik tunnelda burg‘ulash, kovlash ishlari to‘liq tugallangan. Hozir so‘nggi pardozlash va po‘lat izlarni yotqizish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Temir yo‘l stansiyalaridan tashilgan yuk hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100 ming tonnaga ortgan. 4,9 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan. Eksport xizmatlari hajmi 81,4 million dollarni tashkil etgan. 85,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari, jumladan, mahalliylashtirish dasturi doirasida 12,6 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Temir yo‘llarni reabilitatsiya qilish, lokomotivlarni qayta tiklash, yuk vagonlarining xizmat muddatini uzaytirish ishlari amalga oshirilgan.

Tadbirda tarmoqda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususan, kollej va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.

Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.