Barotov Feruz Turg‘unovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bolalarda o‘tkir plevra empiyemasini tashxislash va davolash usulini tanlash” mavzusida
Barotov Feruz Turg‘unovichning 14.00.35 - “Bolalar xirurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Bolalarda o‘tkir plevra empiyemasini tashxislash va davolash usulini tanlash” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 22-dekabr kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 294-uy Bolalar milliy tibbiyot markazi binosi 4-qavat, majlislar zali.
Tel.: (99855) 503-00-03
e-mail: info@bmtm.uz