Barnoyeva Sayyora Bobomurodovnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Kremniy dioksidi asosida olingan mezog‘ovakli sorbent materiallarning kolloid kimyoviy xossalari» mavzusida
Barnoyeva Sayyora Bobomurodovnaning 02.00.11–“Kolloid va membrana kimyosi” ixtisosligi bo‘yicha «Kremniy dioksidi asosida olingan mezog‘ovakli sorbent materiallarning kolloid kimyoviy xossalari» mavzusidagi kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.K/T.19.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 77a. O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Tel.: (71)-262-56-60
e-mail: ionx@academy.uz