Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barno Ashirmatova: harbiylik ayollarga ikki hissa mas’uliyat yuklaydi (+video)
09:44 / 2025-09-15

Harbiy xizmat yurtning har bir farzandi uchun birdek sharafli va mas’uliyatlidir. Yurtga muhabbat, uning sarhadlarini himoya qilishdek muqaddas burchga tashnalik hissi har bir o‘zbek o‘g‘il va qizlarimiz qalblarni aynan beg‘uborlik chog‘larimizdan zabt etib ulguradi. Bu bejiz emas, albatta.

Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy armiyamizni isloh qilish, uning salohiyatini har jihatdan rivojlantirish yo‘lida ulkan ishlar qilindi. Yangi O‘zbekistonni qurishda yurtimizda harbiy xizmatning nufuzini oshirish, yoshlar qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini va vatan himoyachisi bo‘lishdek olijanob kasbga hurmat hissini kuchaytirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli harbiylik libosini kiyib, yurtga xizmat qilishga intilayotgan o‘g‘lonlar, "To‘maris" qizlarimizning safi tobora kengayib bormoqda.

"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni katta ofitseri — Ashirmatova Barno Saataliyevna, 2002 yildan buyon Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan Ashirmatova Barno Saataliyevna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Oilali, 4 nabiraning mehribon buvisi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/JWDmpW7IAM8?si=ON5TZ5vV4eoQTcEQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA