Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Robotlar jangi” festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus-maktabda” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan umumta’lim maktablarining o‘quvchilari, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to‘garak a’zolari ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari har bir yig‘ilishda yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish vazifasi ilgari suriladi.
Mazkur festival-tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qamrovini oshirishdan iborat. Tanlovda robotlarning balandligi, kengligi va uzunligiga alohida e’tibor qaratildi. Shundan so‘ng har bir robot karantin hududiga joylashtirildi va 3 raund bo‘yicha Sumo musobaqalarida ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati robotlarning har bir chiqishini baholab bordi.
Festival-tanlov yakunida Kegeyli tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Qudiyar Berdimuratov birinchi, Xo‘jayli tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Samandar Kamalov ikkinchi, Bo‘zatov tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zosi Janxoja Maxambetaliyev uchinchi o‘rinlarni egalladi va mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-6905]
G‘olib va faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA