English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Barkamol avlod» vakillari Navoiy va Boburga ehtirom ko‘rsatishdi
11:26 / 2023-02-15

Yoshlarning barkamol inson sifatida kamol topishida ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosi benazir ahamiyat kasb etadi.

Shu kunlarda maktablarda, jamoalarda, adabiy davralarda ajdodlarga hurmat ko‘rsatish, ularning boy adabiy merosidan bahra olish, yosh avlod qalbiga singdirish tadbirlari davom etmoqda.  

Poytaxtimizdagi Mirobod tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar “Qishloq hayoti” va «XX1 asr” gazetalari bosh muharrirlari Chori Latipov hamda Norqobil Jalil, “Sharq yulduzi” va «Zvezda Vostoka» jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, telejurnalist Komiljon Shamsiddinov, “Mahalla” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Abdusattorov, yosh shoir va yozuvchilar ishtirok etgan tadbirda «Barkamol avlod» bolalar maktabi tarbiyalanuvchilari Navoiy va Bobur g‘azallaridan, ruboiylaridan namunalar o‘qishdi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Tadbirning eng faol ishtirokchilariga «Ijod nashr» nashriyoti tomonidan kitoblar taqdim etildi.  

"Maktabimizda 7 ta yo‘nalishda 50 dan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. A’zolar coni yildan-yilga oshib bormoqda. Joriy yilda 816 nafarga yaqin bola «Xorijiy tillar», «Ingliz tili», «Yosh pazanda», «Hunarmandchilik va qo‘l mehnati», «Texnik ijodkorlik» «Jismoniy tarbiya va sport», «Shaxmat», «Madaniyat va san’at» kabi to‘garaklarda tajribali va o‘z ishiga fidoyi bo‘lgan Muhabbat Turdiyeva, Baxtiyor Qoraboyev, Saida Gaziyeva, Zulxumor Bektemirova, Go‘zal Usmonovadek mutaxassislardan saboq olishmoqda. Bolajonlarimizning respublika va shahar miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgani ota-onalarning quvonchiga quvonch qo‘shmoqda.  

Muhimi, bu orqali bolajonlarimizning kichik yutug‘i, ularning faolligi tufayli kelajak egalari qalbida vatanga muhabbat, intiluvchanlik, yaratuvchanlik xislatlari shakllantirilmoqda. Hazrat Navoiy va Bobur xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbir ham ayni maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan", deydi Mirobod tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori Komil Ulug‘ov.  

 

 O‘zA