“Barkamol avlod” sport musobaqalarining final bosqichidan fotoreportaj
Poytaxtimizda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida start olgan yakkalik bahslari qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ertaga stol tennisi bo‘yicha juftlik bahslari bo‘lib o‘tadi. Shu kunning o‘zidayoq g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Musobaqa so‘nggida taqdirlash marosimini o‘tkazish rejalashtirilgan.
[gallery-16903]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA