French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Barkamol avlod” musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
09:54 / 2024-04-15

Poytaxtimizda akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha respublika final bosqichi yakuniga yetdi.

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Yakkalik bahslarida Omadillo Ikromov (Andijon)ga teng keladigan raqib topilmadi. U g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinlarni Ibrohim Ibrohimov (Xorazm) va Temur Rahmatov (Toshkent) band etdi. Qizlar bahsida farg‘onalik Gulsanam Mahmudjonova 1-o‘rinni egalladi. 2- va 3-o‘rinlar xorazmlik Muxlisa Fayzullayeva hamda andijonlik Mubina Nabijonovaga nasib etdi.

[gallery-16914]

Aralash juftliklar bahsida xorazmlik Ibrohim Ibrohimov va Muxlisa Fayzullayevalar g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni Omadillo Ikromov va Muxlisa Nabijonova (Andijon) juftligi egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin Yunus Suvonov va Sevinch Abduvohidova (Jizzax)lar juftligiga lozim ko‘rildi.

Marosimda mutasaddi tashkilotchilar vakillari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etdi hamda diplom, medal va esdalik sovg‘alarini o‘z egalariga topshirdi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA